Loyihalar / Cardinar

SavdoERP

Sales Doctor va 1C'ni integratsiya qildik

Cardinar · 17-avgust, 2026

Cardinar — Toshkentdagi avtomobillar uchun chexol ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Muammo

Biz bog’langan paytimizda Cardinar jamoasi distributsiya uchun Sales Doctor dasturini, ombor va ishlab chiqarishni boshqarish uchun esa 1C dasturini ishlatishar edi. Lekin qiyinchilik shunda ediki, Sales Doctor va 1C tizimlari bog’lanmagan edi. Natijada har hafta 15ta xodim ma’lumotlarni 2ta joyda yuritishi kerak bo’lardi. Bu esa kuniga kamida 1 soat vaqt olardi.

Nima qildik

Mijoz bilan kelishib, Sales Doctor va 1C platformalarini integratsiya qildik:

  • Buyurtmalar
  • Mijozlar
  • Tashriflar
  • To’lovlar va qarzdorlik

Natija

Endi xodimlar ma’lumotni 2 martalab kiritishiga hojat yo’q. Kompaniyaning esa oyiga 360 soat vaqti tejaladi.

O'xshash loyihani muhokama qilamizmi?

Hozirgi jarayonlaringizni ko'rib chiqamiz va qanday yordam bera olishimizni aytamiz.

Loyihani muhokama qilish →